O‘zbekiston | 12:21 / 20.04.2022
24867
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Qashqadaryoga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obektlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Qashqadaryo viloyati hokimining ikki nafar o‘rinbosari almashdi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Alisher Qodirov viloyat hokimi birinchi o‘rinbosariga aylandi. Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan O‘tkir Qodirov Qashqadaryo hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid