Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tkir Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
O‘tkir Qodirov Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda Bahrom Yusupov ishlab kelayotgan edi.
O‘tkir Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
U Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yig‘ma-tahlil bo‘limi boshlig‘i, Tashqi savdo vazirligi import tahlili va ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish takliflarini shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida shartnoma-huquq boshqarmasi mas’ul xodimi, prezident administratsiyasida mas’ul xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘tkir Qodirov 2021 yil aprel oyi boshlarida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Bir necha kun oldin esa u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
09:35
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026