Alişer Abdulahatoviç Qodirov Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Alişer Qodirov 1975 yil Qarşi şahrida tuğilgan.  1994 yilda Samarqand moliya texnikumini, 2004 yilda Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Soliq xizmatining I darajali maslahatçisi.

U mehnat faoliyatini 1992 yilda Qarşi şahar davlat soliq inspeksiyasi Soliq tuşumlarini jamlaş va nazorat qiliş bölimi davlat soliq inspektorligidan boşlagan.

2021 yil iyul oyidan buyon Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Qayd etiş kerakki, Qaşqadaryo viloyati hokimining avvalgi birinçi örinbosari ham soliqçi edi. Muqaddam Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari bölgan Nodir Erkayev 2021 yil aprelida Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi, u 2022 yil 19 aprelida viloyatning Çiroqçi tumani hokimi lavozimiga ötkazildi.