Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Er-xotin o‘z qizini oradan 24 yil o‘tib topdi
Xitoylik oila 24 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgan qiz farzandini topdi. Vang Mingking va uning rafiqasi qizi Kifengni 1994 yildan beri qidirgan. U 3 yoshligida yo‘qolib qolgan, deb xabar bermoqda BBC.
Ma'lumotlarga ko‘ra, oila gazeta va internetda bu borada e'lonlar ham berib borgan. Garchi, ularda yana bir qiz va o‘g‘il bo‘lsada, yo‘qolgan farzandlarini izlashda davom etishgan.
O‘tgan yilning oxirlarida politsiya fotorobot tayyorlashga qaror qildi. Natija ijobiy bo‘lgan. Xitoyning boshqa bir qismida Kang Ying ismli ayol o‘z suratini ko‘rib shokka tushgan. Xitoy OAV ma'lumotiga ko‘ra, u yosh qizchalik paytida yo‘ldan topib olingan va uni topgan odamlar o‘ziga farzand qilib olishgan.
Oila shu yilning 3 aprel kuni uchrashdi. Yo‘qolgan farzand turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li va qizi bilan birga ota-onasining yoniga uchib kelgan.
Sizlar biz o‘tgan 24 yil davomida qanday qiyinchiliklarni boshimizdan o‘tkazganimizni tasavvur ham qilolmaysiz. Oxiri biz uchrashdik, deya aytib o‘tgan Vang Mingking mahalliy gazetaga.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025