Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi ushbu tadbir mamlakat va ayniqsa Qoraqalpog‘iston uchun ulkan ahamiyatga ega voqea ekanini ta’kidladi.
Nukusda har 18 oyda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Orol madaniyat sammiti o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva tadbir mamlakat va ayniqsa Qoraqalpog‘iston uchun ulkan ahamiyatga ega voqea ekanini ta’kidladi.
«Biz ko‘p yillardan buyon turli darajadagi tadbirlar va minbarlardan turib Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish — birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal etilishi zarur bo‘lgan umumjahon vazifa ekani haqida tinimsiz gapirib kelmoqdamiz. Bu hududning betakror madaniyati va o‘ziga xosligini saqlab qolish, ushbu murakkab sharoitda yashayotgan hamyurtlarimizning munosib kelajagini ta’minlash uchun mintaqaga diqqat-eʼtiborni jalb etish lozim. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston barcha ijodkorlarni: butun dunyo rassomlari, olimlari, ekspertlari va faollarini birlashtiradi!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.





Mavzuga oid
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:41 / 05.02.2026