Texnologiya | 11:13 / 21.08.2025
4105
2 daqiqa o‘qiladi

Robotlar olimpiadasida Xitoy kompaniyalari zafar quchdi

Xitoyning Unitree kompaniyasi Pekinda bo‘lib o‘tgan odamsimon robotlar uchun birinchi «Olimpiya o‘yinlari»da asosiy g‘olib bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uning H1 modeli yengil atletika bo‘yicha to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi: 400 va 1500 metrga yugurish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish va 4×100 metrga estafeta. Hammasi bo‘lib jamoa 11 ta sovrin to‘pladi va medallar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada 16 ta davlatdan 280 ta jamoa ishtirok etib, futbol va gimnastikadan tortib kikboksinggacha bo‘lgan 26 ta sport turi bo‘yicha bellashdi. Maksimal qayd etilgan tezlik 4,78 m/s ni tashkil etdi.

Xitoyning boshqa jamoalari ham muvaffaqiyatsiz qolmadi. X-Humanoid markazi 10 ta medalni qo‘lga kiritdi, shu jumladan sprint va yuk musobaqalarida oltin medalni. Ularning «Tien Kung» roboti avvalroq odamlar orasida yarim marafonda ham g‘olib bo‘lgan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Xitoy robototexnikada quvib yetuvchidan tez sur’atlarda yetakchiga aylanmoqda. IDC prognozlariga ko‘ra, 2029 yilga borib, jahon robot bozori 400 milliard dollarga yetadi va deyarli yarmi Pekin hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid