Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora metall parchalari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jarima solinadi
Foto: imageshack.us
20.07.2018 yildagi O‘RQ–485-son qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 219-1-modda bilan to‘ldirildi. Unda qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan. Ilgari bu rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilariga daxldor bo‘lgan, deb yozmoqda Norma.
Bundan buyon qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish quyidagi miqdorlarda jarimalar solinishiga sabab bo‘ladi:
• fuqarolarga – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha (material e'lon qilingan sanada 1 843 000 so‘mdan 2 764 500 so‘mgacha);
• mansabdor shaxslarga – EKIHning 15 baravaridan 50 baravarigacha (material e'lon qilingan sanada 2 764 500 so‘mdan 9 215 000 so‘mgacha).
Bunda qoidabuzarlik ashyosi bo‘lgan qora metall parchalari va chiqindilari musodara qilinadi.
Mamlakatda qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bilan faqat «O‘zmetkombinat» AJ shug‘ullanadi. Aholi va tashkilotlardan metall parchalarini qabul qilish bilan bog‘liq masalalar Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjat 21.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:15 / 08.12.2025