Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar tibbiyot xodimi bor - Prezident
Ularga 100 million so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 bemordan 11 nafari – tibbiyot xodimlari, deb ma'lum qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bu haqda 26 mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada qilinayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga bir martalik to‘lov miqdori 100 million so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirishi natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 million so‘m to‘lab beriladi.
Koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlarga 25 million so‘mdan oylik ustama to‘lanadi
O‘zbekiston koronavirusni aniqlovchi 300 mingta ekspress-test sotib oladi
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025