Qarorga asosan, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan qator toifa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan taşqari) maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi belgilandi:
– vraçlar va vraç-laborantlarga 25 million söm;
– örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga 15 million sömdan;
– kiçik tibbiyot xodimlariga 10 million sömdan;
– boşqa xodimlarga 5 million sömdan.
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga bir martalik tölov miqdori 100 million söm etib belgilandi.
Şuningdek, bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirişi natijasida oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 million söm tölab beriladi.
Ma'lumot uçun, virus yuqtirib olgani aniqlangan 65 nafar bemor orasida 11 nafar tibbiyot xodimi ham bor.
Özbekiston koronavirusni aniqlovçi 300 mingta ekspress-test sotib oladi


















