Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada qilinayotgan işlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yiğilişini ötkazdi.
Yiğilişda davlat rahbari koronavirusni aniqlovçi 300 mingta ekspress-testni zudlik bilan xarid qilişga körsatma berdi.
Uşbu vazifa Moliya va Soğliqni saqlaş vazirliklari zimmasiga yuklatildi.
Yiğilişda virus yuqtirib olgani aniqlangan 65 nafar bemor orasida 11 nafar tibbiyot xodimi borligi ham ma'lum qilindi. Prezident koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million söm kompensatsiya tölanişini aytdi.
Şuningdek, infeksiya yuqtirgan bemorlar bilan işlayotgan şifokorlarga har oyda 25 million sömdan, hamşira va laborantlarga 15 million, sanitar xodimlarga 10 million va boşqa faoliyatdagi xodimlarga 5 million sömdan ustama tölanişi belgilandi.

















