Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADWorld ishi bo‘yicha ikkita blogerga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
Raqobat qo‘mitasi blogerlar Otabek Jo‘rayev hamda Abdurahmon Abdurahmonovni jarimaga tortdi. Ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan va yuzlab odamlarni chuv tushirganlikda gumonlanayotgan “ADWorld Group” MChJni o‘z sahifalarida reklama qilishgan.
Blogerlarga qonunbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib sudga yuborildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, xorijga viza olish va ishga jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar haqidagi reklama-axborotlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlardagi @iwash_tashkent sahifasini yurituvchi bloger O.Jo‘rayev hamda @abdurahmonmufid sahifasini yurituvchi bloger A.Abduraxmonovlar tomonidan “ADWorld Group” MChJ faoliyatiga oid xorijga ishga yuborish xizmatlari haqida reklama-axborotlarini joylashtirib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishlash uchun yuborish bo‘yicha xizmatlar bilan shug‘ullanib kelayotganligi reklama qilinganligi aniqlandi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonuning 16-moddasida ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan. “ADWorld Group” MChJda tegishli litsenziya bo‘lmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bloglarini yurituvchi fuqarolar O.Jo‘rayev va A.Abduraxmonovlarga nisbatan qonun buzilish holati bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.
Mavzuga oid
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
23:19 / 30.10.2025
Xitoy tibbiyot va moliya bo‘yicha maslahat beruvchi blogerlarga diplomli bo‘lish talabini qo‘ydi
20:46 / 21.10.2025