Lisenziyasi bölmay turib fuqarolarni xorijda işga joylaş bilan şuğullanib kelgan «ADWORLD GROUP» MÇJ işi nihoyat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar e’tiboriga tuşdi.
Kun.uz bunga qadar ADWorld haqida bir neçta suriştiruvlar çiqargan edi. Xususan, maşhur blogerlar yordamida özini reklama qilib, mijozlarni töplagan firma kişi boşiga salkam 6 mlndan 26 mln sömgaça tölov qildirgan, ammo bu tölovga yaraşa şartnomaviy xizmatlarini körsatmagan. Fuqarolar pullarini qaytarib ololmayotganidan norozi bölib murojaat qilgandi.
Toşkent şahar IIBB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. «WORD OF MASTER» MÇJ direktori Dilmurod Yusupovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. "ADWORLD GROUP" MÇJ faoliyati şu jinoyat işi doirasida örganiladi.
Poytaxt IIBBning qöşimça qilişiça, ADWorld’dan jabr körgan fuqarolar Çilonzor tumani IIO FMB tergov bölimiga uçraşişi kerak.
Avvalroq Migratsiya agentligi «ADWorld group» fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş xizmatlarini litsenziyasiz amalga oşirganini aniqlagan va bu firmaga nisbatan 112 mln 500 ming sömlik jarima tayinlagan edi. Jarima ixtiyoriy ravişda tölanmagani sababli mablağni sud orqali undiriş işlari boşlangan.
Kun.uz bilan suhbatda firma ta’sisçisi va boşqaruvçisi bölgan Dilmurod Yusupov bu faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullanib bölmasligini bilmaganini aytgandi.
ADWorld işi tarmoqlarda böy çöza boşlagaç, ayrim blogerlar reklama sabab öz auditoriyasining aldanib qolişiga hissa qöşib qöyganidan xijolat bölib, ular körgan zararni qoplaşni boşlagan.

















