Xorijga viza oliş va işga jönatişni va’da qilgan firma va’dasini bajarmadi. Jabrlanganlarning sözlariga köra, ADWorld odamlarni Saudiya Arabistoni, Serbiya, Çernogoriya, Norvegiya, Ummon davlatlariga işga yuborişga, yuqori maoş bilan ta’minlaşga işontirgan. Maşhur blogerlarning ADWorld haqidagi maqtovlari esa işonçni mustahkamlagan. Şundan keyin yuzlab odamlar firmaga örtaça 15-20 mln söm tölagan.

Tuzoq vazifasini bajargan maşhurlar

Özbekistonda turib fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş bilan şuğullaniş litsenziya talab qiladigan faoliyat turi ekanini köpçilik yaxşi bilsa kerak.

Ammo ayrim şovvozlar “bilsa hazil, bilmasa çin” qabilida iş tutib, yuzlab odamlarga Amerika, Angliya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlarida iş topib berişni, eng muhimi bu davlatlarning vizasini olib berişni va’da qilib, pullarni yiğib olgan.

Odamlar bu şovvozlarga şunçaki işonişmagan – ularni işonişga “majburlaşgan”. Özingiz muxlis bölgan, hurmat qilgan, ta’bir joiz bölsa, siz işongan maşhur odamlar va’da berib turganidan keyin işonmaysizmi?

Afsuski, odamlar yana aldandi. Ulardan biri – Çernogoriyaga 2 oyda viza çiqarib berişlariga işongan Davron Faxriddinov.

“Otabek, Aziz Estet, Sariq bola va boşqa blogerlar orqali ADWorld’ga kelganmiz. Ular Çernogoriyaga işga 2 oyda viza çiqarib jönatamiz, hammasi qonuniy, oyligi 1800 dollardan 2000 dollargaça deb, bizning soddaligimizdan foydalandi. Aldov yöllari bilan pullarni oldi. 15 milliondan tölov qilgandik. Mana, 5-6 oy böldi, hali viza yöq. Pulimizni qaytib bering desak, qaytariş niyatlari ham bölmayapti”, – deydi Faxriddinov.

“Men şu yil 25 mart kuni şartnoma qilganman. Hozir 5-6 oy bölib qoldi. Uzoği 2 oy degandi. Şartnomada ham 60 iş kunida deb körsatilgan. 1100 dollar tölov qilganman”, – deydi boşqa bir jabrlanuvçi Oxunjon Nurmurodov.

Nurmurodovning aytişiça, firma 2024 yilda odamlardan Norvegiya, Serbiya, Çernogoriya, Ummon davlatlariga viza uçun pul olgan, ammo jönata olmagan.

“Bu hammasi tasodif deb öylaysizmi? Yöq, bu – viloyatliklarning pulini aylantiriş. Balki ularning işi yurişmay qolgandir, lekin şunça qoraköz ketişi kerak edi. 2000 dollar tölov qilib, 1 yildan beri qaytarib ololmaganlar bor”, – deydi u.