Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva an’anaga ko‘ra, yil yakunida Prezident administratsiyasida O‘zbekistonning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva an’anaga ko‘ra, yil yakunida Prezident administratsiyasida O‘zbekistonning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, 2023/24 o‘quv yilida bu yoshlar – maktab o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishgan — 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lgan.
«Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz. Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida», — deb yozadi prezident yordamchisi.


Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashgan edi. O‘shanda prezident yordamchisi uchrashuv davomida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tganini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
11:47 / 03.01.2026
“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘z va qo‘llar kerak” – Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi vazifalari haqida
17:28 / 02.01.2026
"Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, tez natija bergani bu - ekologiya" - Saida Mirziyoyeva
09:46 / 02.01.2026
“Maqsadimiz - xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyevadan ilk katta intervyu
17:11 / 27.12.2025