KXDR Amerikaga zarba berish rejasini ma'lum qildi
Shimoliy Koreyaning "Xvason-12" ballistik raketalari Amerikaning Guam orollariga uchirilishiga shay. U Yaponiyaning Simane, Xirosima, Koti prefekturalaridan ustidan uchib o‘tadi. Koreya xalq armiyasi strategik kuchlari qo‘mondoni Kim Rak Gyom shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Koreya xalq armiyasi strategik kuchlari dushmanning Guam orollaridagi asosiy kuchlariga o‘rta masofalarga uchuvchi "Xvason-12" 4 ta raketa bilan bir vaqtning o‘zida zarba berish rejasini jiddiy o‘rganmoqda. "Xvason-12" raketalari Yaponiyaning Simane, Xirosima va Koti prefekturalari ustidan uchib o‘tadi. Ular 3356,7 kilometrni 1065 soniyada bosib o‘tadi va Guamdan 30-40 km uzoqlikda dengizga tushadi", — deyiladi xabarda.
10 avgust kuni Shimoliy Koreya axborot agentligi mamlakat armiyasi strategik kuchlari qo‘mondoni bayonotini e'lon qildi. Unda Guam hududiga zarbalar berish rejasi yaqin kunlarda Kim Chen Inga havola qilinishi aytiladi. Shundan so‘ng, strategik kuchlar davlat boshlig‘i buyrug‘ini kutadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Guamga zarba berish ehtimollari xususidagi xabarlardan so‘ng KXDR tahdidlariga "g‘azab va o‘t" bilan javob berishga va'da berdi.
Strategik kuchlar qo‘mondoni Amerika prezidentining so‘zlariga ham javob qaytargan. "AQSh prezidenti "o‘t va g‘azab" haqida safsata sotmoqda. Bu esa Koreya xalq armiyasi "Xvason" raketa qo‘shinlarining jahlini qo‘zg‘atmoqda. Aqldan ayrilgan bu bola bilan muloqot qilib bo‘lmaydi, unga faqat mutlaq kuch ta'sir ko‘rsatishi mumkin", — degan general.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
18:33 / 26.12.2024