Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Qarshi shahar hokimi qarorining tadbirkorga oid qismini haqiqiy emas deb topdi
Bir yil muqaddam — 2018 yilning 7 yanvarida “Qarshi shahar hokimligi bir tadbirkorni chirqiratmoqda — bu nima, fidoyilik yo reyderlik?” sarlavhasi ostida Qarshi shahrida istiqomat qilib, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkor Ismoil Panjiyev Qarshi shahar hokimligi va “Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ tomonidan uyushtirilayotgan tazyiqlar qurboni bo‘layotganini bayon etgan edi.
Jumladan, u ta'sis etgan “Asilbek-Ziyoda” SIChK tasarrufida bo‘lgan 1,175 ga yer maydonidagi avtomobillar to‘xtash joyi Qarshi shahar hokimi J.Fozilovning imzosi bilan “Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ tasarrufiga o‘tkazilsin, deb qaror chiqariladi.
“Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ tasarrufiga o‘tkazilgan yer maydoni darhol shahar hokimligi zaxirasiga qaytariladi va u maydonga III tipdagi supermarket qurish uchun “NBU Bunyodkor invest” MChJga egalik huquqi chiqarib beriladi.
Tadbirkorning ushbu yer maydonini o‘zi obodonlashtirib kelgani, unga egalik qilish uchun barcha hujjatlarga egaligi, u ko‘rgan zararlar qoplanmayotganligi tufayli shahar hokimligi bilan uzoq tortishuvidan xabarimiz bor. Ismoil Panjiyev murojaat qilmagan joy qolmadi, hisob.

Ya'ni, bir xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ixtiyorida bo‘lgan, 17 yildan buyon avtoshohbekat sifatida foydalanib kelinayotgan yer maydoni prezident qaroridagi “yondosh avtoturargohlar bozor tarkibiga kiritilsin”, degan bandni ro‘kach qilib, shahar hokimining qaroriga ko‘ra, egasining roziligisiz ikkinchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektga olib berilgan.
Bizga yetkazilgan ma'lumotlarga ko‘ra, nihoyat, Surxondaryo viloyat ma'muriy sudi kassatsiya instansiyasining raislik etuvchi A.Sayfitdinov imzolagan №523-sonli qaroriga ko‘ra, arizachi I.Panjiyevning Qarshi shahar hokimining 2017 yil 14 apreldagi X-843/4 sonli va 2017 yil 19 iyuldagi X-1558/7-sonli qarorlarining “Asilbek-Ziyoda” SIChKga oid bandlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalari qanoatlantirilgan.
Qarshi shahar hokimining 2017 yil 14 apreldagi X-843/4-sonli qaroriga ko‘ra, ayrim fuqarolar, jumladan fuqaro Ismoil Panjiyevga “avtomobillar vaqtinchalik to‘xtash joyi” uchun berilgan yer maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ–2853-sonli “2017–2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan edi.
Shahar hokimi J.Fozilovning 2017 yil 19 iyuldagi X-1558/7-sonli qarorida esa “I.Panjiyevga tegishli yer maydon” so‘zlari “Asilbek-Ziyoda” SIChKga tegishli yer maydon” so‘zlariga to‘g‘rilab almashtirilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 18.02.2026
O‘ta og‘ir jinoyatlarni hakamlar hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yiladi
09:42 / 13.02.2026
Sud apparatida komplayens nazorat tizimi joriy etilishi mumkin
13:28 / 23.01.2026
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
11:53 / 17.01.2026