Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rashkchi erkak yosh xotinining ikki qulog‘ini kesib tashladi
Foto: BBC
Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida erkak 23 yoshli turmush o‘rtog‘ining ikki qulog‘ini kesib tashladi.
Ayni damda kasalxonada bo‘lgan ayol 13 yoshida turmushga chiqqani va unda turmush o‘rtog‘i bilan hech qachon yaxshi munosabat bo‘lmaganini aytib o‘tdi. U ayolni doimo rashk qilgan. Erkak rafiqasi hattoki ota-onasining uyiga borganida ham rashk qilgan.
Erkak hujumidan so‘ng uydan qochib ketdi. U hozir qidiruvda, deb xabar berdi BBC.
Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Afg‘oniston parlamenti ayollar va bolalarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilgan. Biroq avvalgi prezident Hamid Karzay ham, davlatning amaldagi yetakchisi Ashraf G‘ani ham bu qonunlarga imzo chekmagan.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025