Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini ortga chaqirtirib oldi
Foto: illyustrativ foto
Ar-Riyod Berlindagi elchisini maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun chaqirtirib oldi hamda Germaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisiga norozilik notasini yo‘lladi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda SPA axborot agentligi xabar berdi.
“Qirollik Germaniyadagi elchisini chaqirtirib olishga hamda Germaniya elchisiga asoslanmagan bayonotlar yuzasidan norozilik notasi yuborishga qaror qildi”, deb aytilgan xabarda.
Xabarga ko‘ra, bu choralar Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning livanlik hamkasbi bilan uchrashuvda Saudiya Arabistoni haqida aytgan bir qator gaplaridan keyin ko‘rilgan.
Xabarda aytilishicha, bu gaplar “hayrat va achchiqlanish keltirib chiqaradi”.
“Qirollik bu bayonotlarni noto‘g‘ri ma'lumotlarga asoslangan, shoshma-shoshar qilingan va mintaqadagi barqarorlikka ko‘mak bermaydigan deb hisoblaydi”, deyilgan xabarda.
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligidagi manba Germaniya tashqi ishlar vazirining gaplari “qirollik terrorchilikka qarshi kurashda o‘zining ishonchli hamkori deb hisoblagan do‘stona Germaniya hukumatining pozitsiyasini ifodalamasligini” aytgan.
Mavzuga oid
20:15
Nemis harbiylariga Grenlandiyani darhol tark etish buyurildi - OAV
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
16:38 / 16.01.2026