Jamiyat | 10:13
5268
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

Ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan 3,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritib, qochib ketgandi.

Foto: IIV

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatida ayblangan fuqaro Turkiya hududida qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan shaxs o‘n nafardan ortiq fuqaroga yuk tashuvchi transport vositasini olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 3 mlrd 607 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

Ushbu fuqaro 2023 yildan buyon Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan bo‘lib, uning Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlangan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida u qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Mavzuga oid