Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: tibbiyot markazlarida uskunalar quvvatining faqat 25 foizi ishlatilyapti
Yig‘ilishda prezident yig‘ilganlarni ochiq muloqotga chaqirib, hal etilishini kutgan masalalarni bevosita muhokama qilishni taklif etdi. Inflatsiyani jilovlash va oziq-ovqat narxlarini barqaror ushlash ishlari ketar ekan, aholi daromadining katta qismi dori-darmonga sarflanayotgani qayd etildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda ixtisoslashtirilgan markazlarga 7,5 trln so‘m mablag‘ ajratildi, minglab zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. «Dori yetmayapti deb birorta markaz ayta oladimi?» deya savol qo‘ygan prezident asosiy muammo — resurslardan samarali foydalanish ekanini ta’kidladi.
«Mana shu mablag‘lar, uskunalar va dori-darmonlar qanday ishlatilyapti? Afsuski, uskunalarning quvvatidan bor-yo‘g‘i 25 foiz foydalanilmoqda», — dedi prezident.
Shu munosabat bilan:
- raqamlashtirish, xalqaro hamkor topish, klinik protokollarni yangilash;
- ilg‘or diagnostika, profilaktika va davolashni uddalaydigan zamonaviy jamoalarni shakllantirish;
- natija ko‘rsatmagan markaz, tuman, viloyat boshqarmalarining faoliyatini keskin qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, har bir mahalla va tuman kesimida qaysi kasalliklar ko‘paygan/kamaygani bo‘yicha aniq tahlil o‘tkazib, profilaktika va davolash rejalarini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Respublika markazlari esa bunday tahlil va yondashuv bilan ishni pastda tashkil etish, katta mablag‘ evaziga berilgan eng zamonaviy uskunalardan to‘liq quvvatda foydalanishni ta’minlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
22:57 / 23.12.2025