Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR xavfsizlik xizmatining 100ga yaqin xodimi maxsus reys bilan Xanoyga keldi
27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan AQSh va KXDR rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi arafasida KXDR xavfsizlik xizmatining 100ga yaqin xodimidan iborat guruh Air Koryo aviakompaniyasining maxsus reysi bilan Xanoy shahriga yetib keldi. Bu haqda Soha axborot portali xabar berdi.
Internet nashrning bildirishicha, Xanoydagi Noybay xalqaro aeroportiga qo‘ngan Il-76 samolyoti bortida xavfsizlik xizmati xodimlari guruhi, ikkita yo‘ltanlamas avtomobil, KXDR rahbari Kim Chen Inning tashrifi davomida foydalaniladigan maxsus qurilmalar bo‘lgan.

Guruh va avtomobillar Kim Chen In qarorgohi bo‘lishi kutilayotgan Melia mehmonxonasiga yo‘l olgan. Kim Chen Inning o‘zi esa Vetnam poytaxtiga Xitoy orqali zirhlangan poyezdda kelmoqda. Poyezd Pxenyan temir yo‘l vokzalidan 23 fevral kuni yo‘lga chiqqan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampni Vetnamda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv vaqtida Amerika maxfiy xizmatining 200dan ortiq xodimi qo‘riqlashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025