AQŞ prezidenti Donald Trampni Vetnamda KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuv vaqtida Amerika maxfiy xizmatining 200dan ortiq xodimi qöriqlaydi. Bu haqda VnExpress yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, Amerika yetakçisining qöriqçilari törtta samolyotda Vetnamga olib kelinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Vetnamga safari davomida «Yirtqiç»da harakatlanişi xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Vetnam poytaxti aeroportiga ikkita prezidentlik avtomobili olib borilgan. Ta'kidlanişiça, Trampning «Yirtqiç»lari barça zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, şuningdek, ularda kimyoviy hujumdan himoya sifatida kislorod balloni hamda qon quyiş uçun uskunalar bor.

Tramp va Kim Çen In uçraşuvi 27-28 fevral kunlari Vetnamning Xanoy şahrida bölib ötadi.

Ta'kidlanişiça, tadbir Xanoy markazidagi hukumat mehmon uyida ötkazilişi kerak.