Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Minobdagi qizlar maktabiga zarbada Tehronni aybladi
Bu ayblovni uning yonida bo‘lgan mudofaa vaziri Pit Hegset ham takrorladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarning savollariga javoban Minobdagi qizlar maktabiga yo‘llangan zarba uchun Eron javobgar ekanini aytdi.
Bu ayblovni uning yonida bo‘lgan mudofaa vaziri Pit Hegset ham tasdiqlagan.
«Men ko‘rgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishni eronliklar qilgan», – degan Tramp.
Shundan keyin jurnalist Pentagon rahbari Pit Hegsetga ham shu savol bilan murojaat qilgan. U esa shunday javob qaytargan: «Biz, albatta, tekshiruv olib boryapmiz, ammo tinch aholini nishonga oladigan yagona tomon bu – Eron».
Tramp esa shunday qo‘shimcha qilgan: «Bizningcha, buni eronliklar qilgan... Bilasizki, ularning o‘q-dorilari juda noaniq. Ularda aniqlik umuman yo‘q. Buni Eron qilgan». U o‘z so‘zlariga hech qanday dalil keltirmagan.
Eron janubida joylashgan Minob shahridagi qizlar maktabi Yaqin Sharqdagi urushning ilk kunida – 28 fevral kuni hujumga uchradi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida 180 kishi halok bo‘lgan.
Erondagi davlat nashrlariga ko‘ra, Tehron Minobga zarbada Vashingtonni ayblagan. Amerikadagi nashrlar, jumladan The New York Times, Reuters va CNN ham AQSh harbiylari ushbu zarbaga aloqador bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.
Xususan, The New York Times AQSh harbiy-havo kuchlarining nishoni Minobdagi Islom inqilobi muhofizlari korpusi bazasi bo‘lgani va maktabga xatolik bilan zarba berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.
NBS News manbalariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati kongressga amerikalik harbiylar Minobdagi maktab joylashgan hududga zarba berganini tasdiqlagan.
AQSh mudofaa vazirligi maktabga zarba berilgani haqidagi xabarlardan so‘ng tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilish bilan cheklangan.
Mavzuga oid
20:30
Eronda yangi oliy rahbarga qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi
19:03
AQSh va Isroil harbiy-havo kuchlari Eron aviabazalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi
17:59
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
15:25