Jamiyat | 13:46 / 20.03.2017
9438
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘proq quvonch, ko‘proq mevalar, ko‘proq sharbat!!!

INTERSOK kompaniyasi Navro‘z bayrami arafasida Andijondagi Ozbegim savdo-ko‘ngilochar markazida "Sochnaya dolina" sharbati qutisining ulkan maketini joylashtirib, "Ko‘proq quvonch, ko‘proq mevalar, ko‘proq sharbat!!!" degan shior bilan Andijon ahli va mehmonlarini ilhomlantirdi. 

Sharbat qutisi maketining o‘lchamlari haqiqatan ham hayratlanarli darajada katta va uning balandligi 7 metrni tashkil qiladi. Biroq INTERSOK kompaniyasi xodimlari bu bilan cheklanib qolishmadi va maketni sevimli "Sochnaya dolina" sharbati qutilarining go‘yoki havoda parvoz qilayotgan ko‘rinishdagi yana uchta maketi bilan to‘ldirishdi. Bu maketlarning har birining balandligi 2 metrdan keladi. Umumiy holda maket ham haybatli, ham lo‘nda chiqqan. Bu "Chiroy ko‘p bo‘lmaydi" deb aytish mumkin bo‘lgan ayni holatdir. 

Bunday ulkan o‘lchamdagi sharbat qutisi maketi savdo-ko‘ngilochar markazi mehmonlarining e'tiborini tortayotganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Markaz mehmonlari maket fonida bajonidil suratga tushib, yorqin, ifodali va "shirali" selfilar yaratmoqdalar.

INTERSOK kompaniyasi Navro‘z bayrami arafasida Farg‘ona vodiysi aholisiga shunday antiqa va yorqin sovg‘a tuhfa qildi. Bunday ulkan o‘lchamlardagi maket O‘zbekistonda birinchi marta taqdim qilinishidir.

Haqiqatan ham "Sochnaya Dolina" sharbatlari va bolday totli ichimliklari hech qachon ko‘plik qilmaydi, baxt esa bir qarashda yaqqol ko‘rinishi kerak.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid