Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi
Bu favqulodda vaziyatlardan ogohlantiruvchi milliy tizim keng qamrovli sinovining bir qismidir.
Foto: Unsplash
7 sentabr kuni soat 15:00 da Buyuk Britaniyadagi barcha smartfonlarda favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushadi — 85 millionga yaqin qurilma bir vaqtning o‘zida 10 soniya davomida baland ovozli signal chiqaradi. Bu favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish milliy tizimi keng qamrovli sinovining bir qismidir.
Telefon ekranida matnli xabar ham paydo bo‘ladi, uning mazmuni hali oshkor etilmagan. Ogohlantirishlar fuqarolarni tahdidlar - masalan, bo‘ronlar, terroristik hujumlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda tezkor xabardor qilish uchun ishlatiladi.
Tizim signallarni mamlakat bo‘ylab ham, alohida hududlarga ham yuborish imkoniga ega. Misol uchun, o‘tgan yili kuchli shamol kutilayotgan yoki Ikkinchi jahon urushidan qolgan o‘q-dorilar topilgan hududlar aholisiga bu haqda ogohlantiruvchi xabarlar yuborilgan.
Shunga o‘xshash tizimlar AQSh, Yaponiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham bor. Ba’zilar, Finlandiya kabi, har oyda, boshqalari - yiliga bir marta shunday sinovlarni o‘tkazadi.
Hukumat telefondagi favqulodda ogohlantirish olish funksiyasini o‘chirmaslikni tavsiya qilsa-da, foydalanuvchilar bunday xabarlarni olishdan voz kechish imkoniyatiga ega.
Mavzuga oid
16:04
London Kiyev uchun Nightfall ballistik raketasini ishlab chiqadi
12:07
O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
00:14 / 11.01.2026
Buyuk Britaniyada X ijtimoiy tarmog‘i taqiqlanishi mumkin
10:09 / 10.01.2026