01:01 / 02.07.2016
5266

BMT Rossiya va Turkiya aloqalarining qayta tiklanishiga ijobiy munosabat bildirdi

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik BMTda Rossiya va Turkiya aloqalarining qayta tiklanishiga ijobiy munosabat bildirishayotganini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi

Bosh kotib vakilining ta'kidlashicha, BMT umuman mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi tarafdori, "ayniqsa, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi". Dyujarrik bu ikki davlatni Suriyadagi mojaroning yechimini topishda muhim hamkorlar deb atadi. 

"Bu ikki muhim mamlakat o‘zaro hamkorlik qilsa hamda Suriyani qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro guruh (SQXG) bilan birga faoliyat olib borsa, bundan faqat xursand bo‘lish mumkin", - dedi u. 
 

Top