Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq mudofaa vaziri iste'foga chiqarildi
Iroq mudofaa vaziri Holid al Obeydiy Naynava provinsiyasining ma'muriy markazi Mosulni ozod qilishga harakat ketayotgan bir paytda iste'foga chiqarildi. Bu haqda AQShning Stratfor tahlil-tadqiqot kompaniyasining internet saytida ma'lum qilingan.
"Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Vashington Iroq uchun tahlikali vaziyat bo‘lib turgan bir paytda al Obeydiyni o‘z o‘rnida qoldirishlarini so‘ragan", - deyiladi saytda e'lon qilingan ma'lumotda. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, gap Mosulni ozod qilish ishlariga tayyorgarlik haqida bormoqda.
" Al Obeydiyning o‘rniga odam qo‘yish, mamlakatda turlicha siyosiy qarashlar sabab uzoq vaqt cho‘zilishi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.
Teg: Iroq, Holid al Obeydiy
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026