«Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 2-turida «Leganes»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi. Chempionatning 1-turida madridliklar jamoasi liganing boshqa bir debyutanti «Alaves»ni mag‘lub eta olmagandi (1:1).
«Agar «Atletiko» shunday o‘ynashda davom etsa, ligada jon saqlab qolish uchun kurashadi. Jamoa muxlislarni xafa qilmoqda. Biz uyg‘onishimiz kerak.
Yevro-2016 turniridan keyin tiklanganmanmi? Menda hammasi joyida, faqat tezligimni yanala oshirishim kerak. O‘z darajamga qaytish ustida ishlayapman», degan Grizmann.
Manba: Tribuna.uz