Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Goldman Sachs banki hamkorlariga Tramp kampaniyasini moliyalashtirishni taqiqlab qo‘ydi
Goldman Sachs investitsion banki o‘z xodimlari hamda hamkorlariga AQShdagi ba'zi saylov kampaniyalarini moliyalashtirishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda AQSh OAV. Xususan, gap AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi haqida ketmoqda.
Bankning 29 avgustdagi ichki memorandumida "1 sentabrdan bankning barcha hamkorlariga siyosiy faoliyatda ishtirok etish, mahalliy hukumat va shtat hukumati idoralariga nomzodi qo‘yilgan siyosatchilar hamda federal idoralarga nomzodi qo‘yilgan shtatlar hukumatining mahalliy idoralari amaldorlari kampaniyasiga xayriya qilish taqiqlanadi" deyilgan. Bu qadam kelajakda amaldorlarga ta'sir ko‘rsatishga urinishlarning oldini olishga qaratilgan.
Fortune jurnalida ma'lum qilinishicha, Goldman Sachs "bank hamkorlari boshqa qo‘llab-quvvatlashga huquqi yo‘q bo‘lganlar misoli sifatida Tramp va uning safdoshi Maykl Pensning kampaniyasini alohida ta'kidlab o‘tgan".
Shu bilan bir vaqtda bank memorandumi AQSh prezidenti lavozimiga boshqa bir nomzod – Xillari Klinton foydasiga xayriya qilishni taqiqlamaydi.
Mavzuga oid
15:58 / 21.10.2025
AQShda yiliga 500 ming dollar pul topadiganlar ham «oylikdan oylikkacha» yashay boshlagan. Nega?
16:37 / 13.06.2023
Goldman Sachs AQSh iqtisodiyoti asta-sekin o‘sib borayotgan bir paytda ham retsessiya sezilishini taxmin qildi
01:12 / 23.10.2020
Hongkong Goldman Sachs’ga 350 million dollar jarima soldi
10:29 / 12.08.2020