09:53 / 14.09.2016
9486

Ukraina IIV rahbari Avakov qamalishi mumkin

Ukraina Bosh prokuraturasi Yuriy Lutsenko, mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar qilmoqda 24 telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ukraina prokuraturasi, korrupsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Vitaliy Shabuninning murojaatidan so‘ng, shunday qaror qabul qilgan. 

«Men kuniga o‘nlab maktub olaman. Shunday maktublardan biri janob Shabunindan edi. Shunga asoslanib, jinoiy ish qo‘zg‘atdik. Siz ishonmaysiz, bu ish IIV rahbari Avakovga nisbatan. Chunki hamma bir», — deya izoh bergan Lutsenko.

Uning qayd etishicha, ma'muriyatga kelib tushadigan murojaatlarning barchasi bir xil ijro maqomiga ega bo‘ladi. 
 

Top