«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kevin de Bryuyneni o‘zi bilan birga ishlagan eng yaxshi futbolchilardan biri deb bilishi haqida aytib o‘tdi.
«De Bryuyne – men ishlagan eng yaxshi futbolchilardan biri. Messi alohida stolda. Uning yonida o‘tirish hammaga ham emas. Lekin Kevinga mumkin bo‘ladi.
De Bryuyne – yetakchi futbolchi. U to‘p uchun birinchi bo‘lib kurashga kirishadi. U to‘p bilan ham zo‘r harakatlanadi, maydonda nimalar bo‘layotganini aniq ko‘rib turadi. Har bir epizodda eng to‘g‘ri qarorni qabul qiladi.
Men Kevinni juda ham yaqindan tanimayman, lekin bilishimcha, u bo‘sh vaqtini rafiqasi va farzandi bilan o‘tkazadi. O‘yinlarga u xotirjam holatda keladi.
Shubha yo‘q, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Uning jamoamizda ekani - omadimiz kelganidir. Lekin zo‘rliging tan olinishi uchun sen sovrinlar yutishing kerak bo‘ladi.
Balki men xato qilayotgandirman, lekin o‘ylashimcha, u ham shaxsiy sovrinlar yutishni istaydi», – deya qayd etgan Gvardiola.
Manba: Tribuna.uz