Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda portlashdan keyin xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Foto: EPA
Nyu-York huquq-tartibot muassasalari kuchlari shaharda sodir etilgan portlashdan keyin qo‘shimcha minglab xodimlar bilan kuchaytirildi. Politsiya va milliy gvardiya kuchlari shahardagi osoyishtalikni saqlash, aholi o‘zini xavfsiz his qilishi uchun barcha ishni qiladi, deb aytdi Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo.
Kuomo "qurbonlar bo‘lmaganidan baxtiyor bo‘lishimiz kerak", deb aytdi. 18 sentabrda portlagan bomba oqibatida 29 kishi yaralandi. Qo‘lbola portlovchi qurilma kastryul-skorovarkadan foydalangan holda tayyorlangan bo‘lgan. Hozircha ushbu voqea yuzasidan hech kim qo‘lga olinmagan.
"Biz buni qilganlarni, xoh u yakka, xoh bir guruh odam bo‘lsin, albatta topamiz va javobgarlikka tortamiz", deb aytdi Kuomo hamda ushbu voqeani terakt deb tasniflash mumkinligi haqida hech narsa aytmadi. Bu orada politsiyaning xabar berishicha, portlash joyidan bir necha kvartal uzoqlikda ikkinchi bomba topilgan.
Chiqindi konteyneriga qo‘yilgan bomba Chelsi tumanida, 6- va 7-avenyular orasidagi 23-ko‘chada portlagan. Bu yerda ko‘plab restoranlar, barlar, teatrlar joylashgan.
Nyu-York meri Bill de Blazioning aytishicha, portlash ataylab uyushtirilgan.
Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
12:21 / 01.01.2026