11:40 / 22.09.2016
7174

Ijtimoiy so‘rov: Klinton Trampni ortda qoldirmoqda

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton ishonch bilan respublikachilar nomzodi Donald Trampni ortda qoldirmoqda, biroq uning mashhurligi tobora pasayib borayapti, deyiladi The Wall Street Journal va NBC News telekanali o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijasiga oid hisobotda.

Klinton salomatligi bilan bog‘liq muammolar va Donald Tramp saylovchilari xususida achchiq so‘zlariga qaramay, ustunlikni saqlab qola olgan. Ayni vaqtda, uning uchun saylovchilarning 43 foizi ovoz berishlari mumkin. Tramp esa 37 foizlik ko‘rsatkichga egalik qilib turibdi. 

Avvalgi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Klintonni amerikaliklarning 48 foizi, Trampni esa 42 foizi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. 

Bunda, saylovchilarning 12 foizi prezidentlik poygasi autsayderlari: libertarian Geri Jonson (9 foiz) va Yashillar partiyasi vakili Jill Stayn (3 foiz) nomzodini ma'qul ko‘rishmoqda. So‘ralganlarning yana sakkiz foizi hozircha bir to‘xtamga kelmagan. 

AQSh prezidentlik saylovi 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. 

Top