09:37 / 28.09.2016
15527

28 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

27 sentabr tuni va 28 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston Rossiyada savdo uylari ochadi

Rossiya federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida O‘zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlar yetkizib berish bo‘yicha savdo uylari tashkil etiladi.

Batafsil.

Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirmoqchi

Saudiya Arabistoni so‘nggi sakkiz yil mobaynida ilk marotaba neft qazib olish miqdorini qisqartirishi mumkin. Bu amaliyot “qora oltin” bahosini ko‘tarish maqsadida amalga oshiriladi.

Batafsil.

Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres vafot etdi

Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres 28 sentabrda Tel-Avivda 94 yoshida vafot etdi.

Batafsil.

Qaysi avtomobillarda bolg‘acha bo‘lishi shart emas?

2016 yil 23 sentabrda qabul qilingan № O‘RQ–411 qonunga ko‘ra, qonunda belgilangan tartibda yetarli darajada jihozlanmagan avtomobil egalariga jarima solinishi haqida xabar qilingan edi.

Batafsil.

Oliy muftiy patriarxning abortni taqiqlash to‘g‘risidagi talabini qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Oliy muftiysi Talgat Tojiddin mamlakatda abortni butunlay taqiqlash to‘g‘risidagi murojaatini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.

Batafsil.

Qirg‘iziston prezidentiga qanday tashxis qo‘yilgani oydinlashdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Moskvadagi markaziy klinik shifoxonadan shu hafta oxirigacha chiqishi mumkin.

Batafsil.

Jeep yangi shahar toifasidagi krossoverini namoyish etdi

AQShning Jeep kompaniyasi yangi avlod Compass krossoverini namoyish etdi. U savdo belgisi modellari orasida ikkita rusum – avvalgi Compass va Liberty (Patriot)ni almashtirishi kerak.

Batafsil.

Nyu-York ommaviy kutubxonasi kitob tashuvchi poyezdlarni joriy qildi

Bu poyezdlar albatta, oddiy emas. Ular kitob yetkazib berish bo‘yicha yangi avtomatlashtirilgan tizimning muhim qismi sanaladi.

Batafsil.

“Barselona” uchinchi formasini taqdim qildi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 2016/2017 yilgi mavsumdagi uchinchi formasini taqdim qildi.

Batafsil

Rasman. Angliya bosh murabbiyi Sem Ellardays iste'foga chiqarildi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

Batafsil.

Rufat Risqiyevning oyog‘i amputatsiya qilindi

O‘zbekistonlik mashhur bokschi, jahon chempioni Rufat Risqiyev oyog‘ida gangrena boshlangani sababli shifokorlar uning o‘ng oyog‘ini tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Batafsil.

YeChL, 2-tur natijalari

27 sentabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ularda "Real Madrid" safarda "Borussiya Dortmund" bilan durang qayd etgan bo‘lsa, "Yuventus" hamda "Kopengagen" raqiblariga darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritdi.

Batafsil.

Top