17:40 / 08.10.2016
5241

Xitoyda sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 20ga yaqin inson halok bo‘ldi

Xitoy sharqidagi Chjetszyan viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida 20ta uy vayron bo‘lib, 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Yana 9 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Hodisa, o‘tgan oyning oxirida Lishuy shahar okrugining Sutsun qishlog‘ida yuz bergan. Aholi punktini 400 ming kub metrlik tog‘ ko‘chkisi bosib qolgan. 

Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayapti. Unga 1684 kishi jalb etilgan. Shu paytgacha 1460 fuqaro ko‘chirilgan. 

Top