07:19 / 24.10.2016
5725

Xitoy Oyga ortga qaytariluvchi koinot qurilmasi yubormoqchi

Foto: CSNA

Xitoy 2017 yilda Oyga qaytariluvchi koinot qurilmasi "Chan'e-5"ni yubormoqchi. Bu haqda Oyni o‘zlashtirish milliy loyihasi ilmiy rahbari Ouyan Tszyyuanga iqtibos keltirgan holda Xinhua axborot agentligi xabar bermoqda.

Qurilma Oydan tuproq namunalarini olib, ularni Yerga olib tushadi.

"Biz tayyormiz. Barcha laboratoriyalar tayyor. Namunalar yetkazilishi bilan, biz zudlik bilan ularni o‘rganishga kirishamiz", deyildi xabarda.

Bundan tashqari, Xitoy 2018 yilda Oyga "Chan'e-4" qurilmasini yubormoqchi. Bu qurilma tarixda birinchi marta Oyning ko‘rinmas tomoniga qo‘nishni amalga oshiradi.

2015 yil oxirida Xitoyning "Yuytu" lunoxodi oxirgi 40 yil ichida birinchi marta Oy sirtidan ma'lumotlar yiqqandi.

"Chan'e-5" orqaga qaytayotganda sayyoramiz atmosferasidan 40 ming km/soat tezlik bilan o‘tadi. Bugungi kunda hali birorta koinot qurilmasi bunchalik tez uchmagan.

Top