10:02 / 25.10.2016
4065

Keniya prezidenti 3000ga yaqin mahbusga nisbatan belgilangan o‘lim jazosini yumshatdi

Foto:vesti.az

Keniya prezidenti Uxuru Keniata dushanba kuni 2747 nafar mahbusga nisbatan belgilangan o‘lim jazosini bir umrlik qamoq jazosiga almashtirdi. Bu haqida Agence France Presse xabar berdi

Prezident o‘lim jazosini almashtirish haqidagi farmondan tashqari, yana 102 nafar mahbusni afv etish haqidagi buyruqni imzoladi. 

2009 yilda Keniyaning sobiq prezidenti Mvai Kibaki 4000 nafardan ortiq mahbusga nisbatan belgilangan o‘lim jazosini almashtirgan. 

 

Mavzuga oid
Top