Jahon | 18:01 / 31.10.2016
6236
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq harbiylari Mo‘sulning sharqiy qismiga kirdi

Foto: Reuters

Iroq harbiylari Mo‘sul shahrining sharqiy qismida joylashgan Al-Karama tumaniga yetib bordi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

RIA Novosti agentligining Rudaw manbasiga asoslanib xabar qilishicha esa, iroqlik harbiylar shahar chegaralaridan 800 metr masofada to‘xtagan va bir necha soat ichida shaharga kirishi kutilmoqda.

"Biz Mosuldan 800 metr narida turibmiz", — degan qo‘mondonlardan biri Rudaw agentligiga.

Iroq harbiylari va politsiya kuchlari hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlayotgan kurd ko‘ngillari 17 oktabr tongida Mo‘sulni ozod etish uchun yurish boshlagandi. Unda 60 mingga yaqin harbiy qatnashmoqda. Amerikaliklar razvedkasi ma'lumotiga ko‘ra, shahar mudofaasida 5 mingga yaqin terrorchi qolgan. Shuningdek, shahar atrofidagi hududlarda 2 ming nafarga yaqin terrorchi qarshilik ko‘rsatmoqda.

Bugun Iroq hukumat kuchlari 3 kunlik tanaffusdan so‘ng Mo‘sulga hujumni davom ettirdi. Juma kuni Iroq qo‘mondonligi erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlash maqsadida 3 kunlik tanaffus e'lon qilgandi.

31 oktabr tongida shahar markazida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu hujum nishoni IShID rahbari bo‘lgan. Portlash oqibatlari haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid