07:50 / 05.11.2016
12589

OAV: AQSh harbiy xakerlari Kreml qo‘mondonlik tizimiga kirishdi

Foto: osnova-seo.info

AQSh harbiy xakerlari Rossiya energiya tizimi, telekommunikatsiya tarmoqlari va Kreml qo‘mondonlik tizimlariga kirishgan. Shu bilan birga, ushbu tarmoq va tizimlar kiberhujumlar uyushtirish uchun moslashtirilgan va zaiflashgan. Bu haqda NBC News telekanali maxfiy ma'lumotlar va Amerika razvedkasidagi yuqori lavozimli mulozimning so‘zlariga asoslangan holda xabar qilmoqda

Telekanalga ko‘ra, AQSh zarur topgan istalgan vaqtda kiberhujumni amalga oshiradi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh shunday hujumga uchragudek bo‘lsagina, javob harakatlari qo‘llaniladi. 

Avvalroq, rasmiy Moskva o‘z dasturiy ta'minotlarini AQShdan himoya qilish maqsadida choralar ko‘rayotgani xabar qilingan edi. 

Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Jon Kerriga ko‘ra, rossiyalik xakerlarning hujumlariga javob berish ruxsatini prezident Barak Obama beradi. 

 

Top