09:17 / 07.11.2016
9108

7 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

6 noyabr tuni va 7 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Klinton mashhurligi bo‘yicha har jihatdan Trampni ortda qoldirmoqda


Foto: svopi.ru

AQSh prezidentligi uchun nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp suratlari tushirilgan turli xil mahsulotlar orasida, siyosatchilar surati tushirilgan hojatxona qog‘ozlariga ham talab katta bo‘layotgani aytilmoqda.

>>>   Batafsil.

Italiya zilziladan keyin yana bir tabiiy ofat girdobida qoldi


Foto: NOAA/Globallookpress

Italiyada kuchli bo‘ron oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

>>>   Batafsil.

Erdo‘g‘an Yevropani terrorchilikning sherigi deb atadi


Foto: © AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Kurdiston ishchi partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlashi bilan terrorchilikka sheriklik qilmoqda deb aytdi.

>>>  Batafsil.

Lvovdagi turarjoy binosida snaryad portladi


Foto: Varta1

Ukrainaning Lvov shahridagi aholi turarjoylaridan birida Ikkinchi jahon urushiga tegishli snaryad portladi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.

>>>   Batafsil.

OAV: Tramp tvitterdagi akkauntini boshqarishdan chetlatildi


Foto: David Zalubowski / AP

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp yordamchilari tomonidan tvitterdagi akkauntini boshqarishdan chetlatildi.

>>>   Batafsil.

Anqarada AQSh va Turkiya harbiy qo‘mondonlari uchrashdi

6 noyabrda AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford Anqarada Turkiya bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar bilan uchrashgani ma'lum bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Xillari Klinton va Fransiya prezidenti uzoq qarindosh bo‘lib chiqdilar


Foto: © AP Photo/Michel Euler

AQShning sobiq davlat kotibi, hozirda AQSh prezidenti lavozimiga kurashayotgan Xillari Klinton, Fransiya prezidenti Fransua Olland, qo‘shiqchilar Selin Dion va Madonna uzoq qarindosh bo‘lib chiqdilar.

>>>   Batafsil.

Xitoylik deputatlar kiberxavfsizlikka oid yangi qonunni qabul qilishdi


Foto: Thinkstock

Xitoy parlamenti kiberxavfsizlikka doir yangi qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

>>>   Batafsil.

Kostya Tszyu beshinchi marta ota bo‘ldi


FOTO Splash/All Over Press

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Kostantin Tszyu beshinchi marotaba ota bo‘ldi.

>>>   Batafsil.

Janubiy Sudanda noma'lum kimsa futbol muxlislarini otib tashladi


Foto: Getty Images

Janubiy Sudan poytaxti Juba atrofidagi shaharda noma'lum kimsa mahalliy barda Angliya premer-ligasi uchrashuvini tomosha qilayotgan futbol muxlislarini o‘qqa tutdi.

>>>   Batafsil.

"Liverpul" 2014 yilning mayidan beri birinchi marta APL peshqadamiga aylandi


Foto: Twitter/LFC

"Liverpul" jamoasi APLning 11-turida "Uotford"ni qabul qildi va 6:1 hisobida mag‘lub qildi. Natijada mersisaydliklar turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

>>>  Batafsil.

Top