20:24 / 11.11.2016
13250

Kechki dayjest: 11 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 11 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda yangi elektr uzatish liniyasi qurilishi boshlandi


«O‘zbekenergo» AJ O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida «220 kV li Taxiatosh IES — Xorazm nimstansiyasi — Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi qurilishi» loyihasi doirasida yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshladi.

>>> Batafsil.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘quvchi va talabalarga chegirmalar belgiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi

Fortune jurnali dunyoda tadbirkorlar orasidan eng yaxshilarini aniqlab oldi va «Yil tadbirkorlari» reytingini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Yaponiyada navbatdagi qatl hukmi ijro etildi


Foto: © Flickr/ foooomio

Yaponiyada 11 noyabrda qatl hukmi ijro etildi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.

>>> Batafsil.

Xitoyda yuqori martabali amaldor pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi


© AP Photo

Xitoy Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashining Guandun viloyatidagi qo‘mitasi sobiq raisi Chju Mingo 21 million dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan.

>>> Batafsil.

AQShning yangi birinchi xonimi internetdagi adolatsizlikka qarshi kurashadi


Foto: © RIA Novosti

AQShning yangi birinchi xonimi Melanya Trampning bayonot berishicha, u internetdagi adolatsizlikka qarshi kurashadi.

>>>  Batafsil.

Shaxsiy ishlari tufayli xorijga ketgan Tailand taxti vorisi mamlakatga qaytib keldi

Tailand taxti vorisi Maxa Vatchiralongkon Maxidol juma kuni xorij safarida Bangkokka qaytib keldi.

>>> Batafsil.

Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekovni respublika bosh vazirligiga tayinladi


Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Sooronbay Jeenbekovni respublika bosh vaziri etib tayinladi.

>>> Batafsil.

Peskov Moskvaning Tramp shtabi bilan aloqalarini ma'lum qildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Associated Press agentligiga bergan intervyusida bayonot berishicha, rasmiy Moskva AQShdagi prezidentlik poygasida Hillari Klinton va Donald Tramp shtablari bilan aloqada bo‘lib turgan.

>>> Batafsil.

OAVda Obamaning yangi uyi fotosuratlari paydo bo‘ldi


Foto: Washington Fine Properties

Barak Obama 2017 yilning yanvarida Oq uyni tark etganidan so‘ng Vashingtonning shimoli-g‘arbidagi Kalorama hududidagi to‘qqiz yotoqxona, ayvon va shaxsiy bog‘i bo‘lgan kottejga ko‘chib o‘tadi.

>>>  Batafsil.

Dunyoning eng qimmatbaho mashinasi auksionga qo‘yildi


Foto: TALACREST / SWNS

1962 yilning noyob Ferrari 250 GTO mashinasi 45 mln funt sterling (56 mln dollar) narx bilan auksionga qo‘yildi.

>>> Batafsil.

Suzish bo‘yicha rossiyalik ikki karra jahon rekordchisi 8 yilga musobaqalardan chetlatildi


Foto: © RIA

Xalqaro suzish federatsiyasi ikki karra jahon rekordchisi, 26 yoshli rossiyalik suzuvchi Vitaliy Melnikovning doping-namunasida o‘sish gormoni aniqlangani sababli uni 8 yilga musobaqalardan chetlatdi.

>>>  Batafsil.

Argentinalik muxlislar Messining termadan ketishini talab qilishmoqda

 

Argentina terma jamoasining Braziliyadan uchralgan mag‘lubiyati muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Top