08:34 / 12.11.2016
9957

BMT: "Arab bahori" Yaqin Sharqqa 614 mlrd dollarga tushdi

Foto: Getty Images

"Arab bahori" Yaqin Sharq davlatlari iqtisodiyotiga 614 mlrd dollarga tushdi, deb xabar bermoqda BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hisobotiga iqtibos keltirgan holda RT telekanali. Bu qiymat ixtilofgacha prognoz qilingan yalpi ichki mahsulotning 6 foiziga tengdir. 

Hisob-kitoblar Yaqin Sharq davlatlari bo‘yicha bu mintaqada g‘alayonlar boshlanishigacha berilgan iqtisodiy prognozlar asosida o‘tkazildi. Hujjatda ta'kidlanishicha, ixtilofning 6-yiliga kelib birgina Suriyaning ko‘rgan ziyoni 265 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, hozirda kuzatilayotgan neft narxining tushishi Yaqin Sharq davlatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qiladi, biroq mintaqa hamon xalqaro hamjamiyatning kuchli ko‘magiga muhtoj.

 

Top