18:13 / 02.12.2016
11193

Tergovchining qilmishi fosh etildi

Foto: © Getty Images

Fuqaro Sh.Zoyirovning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda Zarafshon shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi lavozimida ishlab kelayotgan Murod Anorboyevning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qilmishi fosh etildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ichki ishlar xodimi bo‘lgan M.Anorboyev fuqaro Sh.Zoyirovni aldab, undan davlat chegarasidan chiqishi uchun qo‘yilgan taqiqni olib tashlash evaziga 200 AQSh dollari berishini talab qiladi. Sh.Zoirov uning taklifiga ko‘nadi va 150 AQSh dollarini kelishilgan manzilda unga beradi. M.Anorboyev pullarni cho‘ntagiga solishga ulgurmadi. U voqea joyida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi M.Anorboyevga nisbatan jazo tayinlab, hukm o‘qidi.

Top