12:09 / 21.12.2016
8074

Pan Gi Mun Janubiy Koreya prezidenti saylovlarida ishtirok etishi mumkin

Foto: Google image

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Janubiy Koreyada muddatidan avval o‘tkaziladigan saylovlarda qatnashishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi. 

"Mening BMT bosh kotibi lavozimida ishlagan 10 yillik tajribam Janubiy Koreyaning rivojlanishiga yordam bersa, bu maqsadga erishish uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman", - dedi u Nyu-Yorkda janubiy koreyalik jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda. 

Bosh kotib Janubiy Koreya fuqarolarining bu boradagi fikr-mulohazalarini tinglabgina yakuniy qarorga kelishini ta'kidladi. 

Pan Gi Mun 31 dekabrda egallab turgan lavozimini tark etganidan keyin, yanvar oyining o‘rtalarida Seulga qaytishini ma'lum qildi. 

 

Mavzuga oid
Top