Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halokatga uchragan Tu-154 bortidagi odamlar soniga aniqlik kiritildi
Foto: Google image
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 25 dekabr kuni Qora dengizda halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida 93 nafar kishi bo‘lganini aniqladi. Bu haqida "Gazeta.ru" nashri xabar berdi.
Bundan avval samolyotda A.V.Aleksandrov nomidagi Rossiya qo‘shiq va raqs dastasining 64 nafar a'zosi parvoz qilganiga doir ma'lumotlar olingandi, biroq keyinroq Mudofaa vazirligida orkestr xodimlarining soni 65 kishidan iborat bo‘lganligi haqida xabar qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligining bortida 84 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan Tu-154 havo kemasi 25 dekabrda Adler aeroportidan Suriyaga yo‘nalgan va parvozning yettinchi daqiqasida, mahalliy vaqt bilan soat 5:20da Qora dengiz akvatoriyasida halokatga uchragan. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bo‘laklari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km masofada, 50-70 metr chuqurlikdan topilgan.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026