22:56 / 26.12.2016
8861

Donbassda yil boshidan qancha harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Foto: AP

Ukraina qurolli kuchlari Ukraina sharqidagi harbiy ixtiloflar davomida 2016 yil boshidan beri 450 dan ko‘proq harbiyni yo‘qotgan. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlarining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi ma'lum qildi.  

"2016 yildagi yo‘qotishlar miqdori: 211 nafar jangovar, 256 nafar nojangovar", deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, bu davr ichida Ukraina qurolli kuchlarida yo‘qotilgan qurol-aslaha va harbiy texnika 100 ming donadan ko‘proqni tashkil qilgan. 2016 yilda shartnoma asosida harbiy xizmatga 7,5 ming kishi kirgan.

 

Top