16:30 / 27.01.2017
10056

Si Tszinpin xitoyliklarni yenglarini shimarishga chaqirdi

XXR raisi Si Tszinpin an'anaviy Xitoy taqvimi bo‘yicha yangi yil arafasida mamlakat fuqarolariga murojaat qildi. U xitoyliklarni oila va do‘stlarini yaxshi ko‘rishga, yuksak axloqiy sifatlarni namoyish etib, vatan ravnaqi yo‘lida qattiq mehnat qilishga undadi. 

"Xitoy xalqi har doim sevgi va yuksak axloqni qadrlagan", - degan davlat rahbari Pekin xalq kengashi binosida o‘tkazilgan tantanali qabul marosimida. Marosim 26 yanvar kun kechqurun bo‘lib o‘tgan. 

"Ishda qanchalik band bo‘lmang, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz va sevgan kishilaringizni unutmang", - deya murojaat qilgan XXR raisi. Sevgida, uning aytishicha, "ikkiyuzlamachi, o‘zini o‘ylagan va qahrli" bo‘lish mumkin emas.

Si Tszinpinga ko‘ra, Xitoy iqtisodiy o‘sishi dunyodagi eng yuqorilaridan biri bo‘lib qolmoqda, xalq turmushi to‘xtovsiz yaxshilanmoqda, biroq, shu bilan birga "yenglarni shimarib" qattiq mehnat qilishni davom ettirish lozim. 

Xitoy xalqi "nafaqat yuksak orzularga ega, balki o‘z xohish-istaklarini amalga oshirish uchun bor kuchini sarflay olishini namoyish qilmoqda", - deb ta'kidlagan Si Tszinpin.

Top