Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkinligi aytildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Donald Trampning uchrashuvi joriy yilning iyul oyida Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan G20 sammitiga qadar o‘tkazilishi mumkin.
Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Katta ehtimol bilan, ha», - degan Peskov prezidentlarning uchrashuv imkonini ko‘rib chiqish haqidagi vazifasi, ular sammitga qadar uchrashishlaridan darak beradimi, degan savol javoban.
Peskov so‘zlariga ko‘ra, yordamchilar uchrashuvning barcha jihatlarini jiddiy tarzda o‘rganib chiqishadi.
Matbuot kotibining ta'kidlashicha, ikki davlat yetakchisi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti yaxshi va konstruktiv bo‘lgan.
«Amerikaliklar Rossiyaga hurmat bilan munosabatda ekani ta'kidlandi. Putin esa Rossiyada ham shunday kayfiyat hukmronligini aytdi. Bu suhbat juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi», - dedi u. Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Putin va Tramp muloqoti siyosiy jihatdan ham, insoniylik jihatidan ham yaxshi bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
09:43 / 31.12.2025