23:17 / 19.02.2017
7761

Zlatan Ibrahimovichning goli «MYu»ni Angliya Kubogining keyingi bosqichiga olib chiqdi

Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv «Blekbern» va «Manchester Yunayted» ishtirokida o‘tkazildi.

O‘yinda mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsada, Mourino shogirdlari tezda javob qaytardi. Genrix Mxitaryanning uzatmasini golga aylantirgan Markus Reshford 27-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Zlatan Ibrahimovich Pol Pogbaning pasidan unumli foydalanib, g‘alaba goliga mualliflik qildi. Endi uning Angliyada urgan gollari soni 24taga yetdi. O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi manchesterliklar turnirdagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

Bungacha turnirning 1/4 finaliga «Linkoln Siti», «Midlsbro», «Milluoll», «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari chiqib bo‘lgandi.

20 fevral kuni «Satton Yunayted» – «Arsenal» uchrashuvi orqali keyingi bosqichga o‘tadigan yana bir ishtirokchi nomi ma'lum bo‘ladi. «Manchester Siti» esa «Haddersfild»ni yenga olmagani uchun 1 haftadan so‘ng takroriy o‘yin o‘tkazadi.

Angliya kubogi, 1/8 final
Blekbern – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 1:0 – 17 Grem, 1:1 – 27 Reshford, 1:2 – 75 Ibrahimovich.
Blekbern – Stil, Grir, Malgryu, Uilyams, Lenixan, Lou, Fini (Mexoni, 73), Gatri (Tomlinson, 81), Konuey, Grem (Stouks, 77), Emnes.
Manchester Yunayted – Romero, Roxo, Smolling, Darmian, Lingard (Pogba, 62), Yang, Kerrik, Errera, Mxitaryan, Marsyal (Ibrahimovich, 62), Reshford (Mata, 89).
Ogohlantirishlar: Uilyams (35), Lingard (52), Yang (73).

Mavzuga oid
Top