00:18 / 12.03.2017
43893

Katta sherni sut bilan boqayotgan arabistonlik zodagon

Tarmoqlarda o‘rta yoshdagi sherni tizzasida sut berib ovqatlantirayotgan kishining surati ko‘pchilikni hayratga solmoqda. 

Suratdagi kishi Amirlikning obro‘li shaxslaridan biri Suhayl al-Zaronni bo‘lib, uning nomi ikki marotaba Ginnes rekordlari kitobiga ham kiritilgan. Zaronni o‘zining 7000dan ortiq turdagi avtomobil to‘plami uchun Ginnes rekordlaridan joy olgan birinchi BAAlik shaxs hisoblanadi.

Endi esa u sherni o‘z uyida shisha idish bilan boqayotgani uchun yana bir rekordni qo‘lga kiritsa ajab emas.

Mazkur surat Twitter'da @Nawabzaadaaa ismli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan. 

Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning yanvar oyidan boshlab BAAda yovvoyi hayvonlarga egalik qilish man etildi. Mazkur tashabbus hayvonlarni himoya qiluvchi ko‘ngillilar tomonidan o‘rtaga tashlangan. Ekzotik hayvonlarni endilikda hayvonot bog‘i, yovvoyi tabiat bog‘i, sirk va ilmiy-tadqiqot markazlarida faqatgina qonuniy ravishda saqlash mumkin.

Mavzuga oid
Top